ARALASHMASLIK SIYOSATI — hozirgi xalqaro siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biri. Har bir davlatdan bevosita yoki bilvosita, yakka oʻzi yoxud boshqa davlatlar bilan jamoa tarzida oʻzga bir davlatning ichki va tashqi ishlariga aralashmaslikni taqozo etadi. Aralashmaslik siyosati davlatlar boshqa bir davlatga nisbatan kuch bilan tahdid etishning har qanday shaklini qoʻllashini yoki kuch ishlatishini, siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa sohalarda qudratini ishga solib, undagi tuzumni agʻdarib tashlashga qaratilgan terrorchilik, qoʻporuvchilik va boshqa ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita koʻmaklashishini rad etadi. Aralashmaslik siyosati Buyuk fransuz inqilobi davrida birinchi bor eʼlon qilingan, unga binoan barcha davlatlar teng huquqli boʻlishi, mustaqil ish yuritishi, boshqa davlatlarning oʻz ishlariga aralashuviga yoʻl qoʻymasligi shart. Keyinchalik mazkur qoida BMT Ustavida, yana qator boshqa muhim xalqaro hujjatlarda eʼtirof qilindi, Yevropada xavfeizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha kengash (Helsinki, 1975-yil) Yakunlovchi hujjatida mukammal ifoda-landi. Oʻzbekiston mustaqillikka erish-gach, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini izchil amalga oshirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida respublika tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ish-latmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlat-599larning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qoʻyilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil