Ararat
Ararat — Turkiyaning eng sharqiy chekkasidagi vulqonli massiv, Araks daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida, Eron bilan Armaniston chegarasi yaqinida. Turkiyadagi eng baland choʻqqi. Zamini bir-lashib ketgan ikki boshli soʻngan vulqon konuslaridan — Katta Ararat (turkcha Buyuk Agritog; balandligi 5165 m) va Kichik Ararat (balandligi 3925 m)dan iborat. 30 ga yaqin kichik muzliklar bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |