Arat Rashit Rahmati
Arat Rashit Rahmati — (1900, Tatariston, Eski Ujum — 1964, Istanbul) turkolog, matnshunos, filologiya fanlari doktori (1927-y), dotsent.
Hayoti va faoliyati
tahrirOtasi Abdurashid Ismatulloh mjudarris boʻlgani uchun, Arat Rashit Rahmati maktabda arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. 1922-yil Berlin universitetining falsafa fakultetiga kirgan. 1927-yil doktor, soʻng Berlin universiteti dotsenti unvonini olgan. 1933-yildan Istanbul universiteti adabiyot fakultetining turk tili va adabiyoti kafedrasi professori, 1940—1950-yillarda Turkiy tadqiqotlar instituti mudiri. Qiyosiy turkologiya boʻyicha tadqiqotlar tashabbuskori, Turk madaniyatini tadqiq etish institutining asoschilaridan biri.
Asarlari
tahrirArat Rashit Rahmati 200dan ziyod ilmiy asarlar muallifi. Turk tilining tarixiy grammatikasi, eski uygʻur tili, „Qutadgʻu bilik“, „Hibatul-haqoyiq“ yodgorliklarini oʻrgangan. „Boburnoma“ni usmonli turk tiliga tarjima qilgan[1].
Adabiyotlar
tahrirBabur va Yazisi. Anqara, „Turk madaniyati“, 1964;
S.Chigʻatoy. R. R. Arat asarlarining toʻliq roʻyxati. „Turk tili qurumi byulleteni“, 29-jild, 188—193-betlar.
Manbalar
tahrir- ↑ «Bobur ensiklopediyasi». Toshkent: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi [2014].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |