Araukariyadoshlar, arauka-riyalar (Araucariaceae) — ochiq urugʻli oʻsimliklarga mansub baland boʻyli da-raxtlar oilasi. Ikki turkumi (Agathis, Araucaria) va 40 ga yaqin turi bor. Aso-san, Janubiy Amerika, Janubi-sharqiy Osiyo, Malakka va Filippin o.larida tar-qalgan. Novdalari doira shaklida joy-lashgan. Nina bargi yassi, mevasi yirik qubba, urugʻi xomligicha yoki qovurilib va quritib, shuningdek un qilib isteʼmol qilinadi. Yogʻochidan qurilishda foyda-laniladi. Baʼzi turlari xushmanzara da-raxt sifatida ekiladi. Oʻzbekiston hududida A.ning changi, yogʻochi va shoxchalarining izi qazilma holda topilgan. Xususan ular Fargʻona vodiysining janubiy hududlari va Qurama togʻlarining karbon, yura qatlamalarida uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil