Aravaklar (arovaklar, aruaklar) — Janubiy Amerika va Vest-Indiyadagi indeys xalqlari guruhi (guaxiro, kampa, machichenga, baniva, A.ning oʻzi va boshqalar). A.ning bir qismini Ispaniya mus-tamlakachilari qirib yuborgan, qolganlari (350 ming kishi, 1964) hozirgi vaqtda Venesuelaning gʻarbiy rayonlarida, Kolumbiya va Peruning shimoliy viloyatlarida, Braziliyada va Boliviyada yashaydi. Umumiy soni 400 ming kishi (1992). Ara-vak tilida soʻzlashadilar. A.da urugʻchilik tuzumi va ruhlarga ishonish bilan bogʻliq boʻlgan diniy eʼtiqod saqlangan, bir qismi — katolik. Dehqonchilik va ovchilik bilan shugʻullanadilar, bir qismi kat-ta yer egalariga qarashli plantatsiyalarda yollanib ishlaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil