Aravon – shaharcha, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani maʼmuriy markazi. Qadimgi qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Aravonsoy quyi oqimining har ikkala sohilida, togʻlar orasida joylashgan. Oʻsh shahridan 25 km gʻarbda, Oʻzbekistonning Marhamat shahridan 14 km naridAravon Aholisi 2,5 ming kishi (1977), aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek qirgʻiz, rus, ukrain, turk, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish (dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik) bilan shugʻullanadi. Aravonda tuman hokimiyati binosi, pochta, univermag, 4 ta maktab, choyxonalar, klub va boshqa bor. Aravon atrofida dam olish maskanlari barpo qilingan. Aravonda akademik H. M. Abdullayev tugʻilgan. U oʻqigan maktab qoshida olim xotirasiga muzey tashkil etilgan, byusti oʻrnatilgan, qishloqning eng katta koʻchasi H. M. Abdullayev nomiga qoʻyilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil