Arbuzov reaksiyasi
Arbuzov reaksiyasi – 3 valentli fosfor efirlari (fosfitlar, fosforitlar, fosfinlar va ular ayrim hosilalari)ning alkillovchi yoki arillovchi reagentlar taʼsirida fosfor – uglerod bogʻi hosil qilib qayta guruhlanishi natijasida 5 valentli fosfor birikmalariga aylanish reaksiyasi. Arbuzov reaksiyasida alkillovchi va arillovchi moddalar sifatida alkil va alkilengalogenidlar geterotsiklik birikmalarining galogenli hosilalari, karbon kislotalar angidridlari va boshqa ishtirok etishi mumkin. Arbuzov reaksiyasi fosfor – uglerod bogʻli birikmalar, pestitsidlar, shifobaxsh preparatlar, ekstragentlar va boshqa moddalarni olishda keng qoʻllanadi. Reaksiyani A. Ye. Arbuzov 1905-yilda kashf qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |