Arctostaphylos andersonii, Santa Cruz manzanita nomi bilan ham mashhur, Kaliforniya shtatining Santa Cruz togʻlari hududida uchraydigan Arctostaphylos turkumining bir turi. Qizil oʻrmonlardagi teshiklarda, odatda 700 metrdan (2300 fut) past boʻlgan tepaliklarda oʻsadi[2][3]. U Asa Gray tomonidan Charles Lewis Anderson sharafiga nomlangan[4].

Arctostaphylos andersonii
Muhofaza holati


Xavf-xatar darajasi [1]
Ilmiy tasniflash edit
Olam: O'simliklar
Sistematika: Tracheophyte
Sistematika: Angiospermlar
Sistematika: Eudicotlar
Sistematika: Asteridlar
Oila: Ericaceae
Jins: Arctostaphylos
Turlar:
A. andersonii
Binomial nomi
Arctostaphylos andersonii

Tavsif

tahrir

Arctostaphylos andersonii — balandligi 2-5 m boʻlgan yogʻochli buta, kichik daraxtga oʻxshab ketishi mumkin. Poyasi odatda kulrang tusga ega. Novdalari qisqa tukli, baʼzan esa uzun tukli holatlari ham uchrab turadi. 4-7 sm li silliq barglari tishli qirralarga ega va uzun barg bandi bilan poyaga birikadi. Fevraldan may oyigacha gullaydi. Gullari oqdan pushtigacha rangda boʻlishi mumkin, qulqoʻrgʻoni chala, evolyutsiya davrida toʻliq rivojlanmagan. Mevasi kichik (2-8 mm) va yopishqoq sharsimon koʻrinishda boʻladi, usti silliq yoki uchrash hududiga qarab tuk bilan ham qoplanishi mumkin.

Santa Cruz manzanitasi oʻsishi uchun bazalt tuproq qatlami juda mos hisoblanadi. Oʻsimlik urugʻlari orqali koʻpayitiriladi.

Bonny Doon mintaqasiga yaqinroq boʻlgan baʼzi populyatsiyalari glukozaga boy (barglar yuzasida oq, chang modda hosil qiladi), boshqa hududlardagi turlarda esa miqdor bu qadar yuqori emas.

Bu tur koʻpincha A. regismontana, A. pallida va A. pajaroensis bilan adashtiriladi, ammo geografik joylashuvigi koʻra mazkur oʻsimlikni osongina ajratib olish mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. „NatureServe Explorer 2.0“.
  2. Jepson, W. L.. A Manual of the Flowering Plants of California, 1951 — 750-bet. 
  3. Parker. „Arctostaphylos andersonii Anderson's Manzanita“. Jepson eFlora. UC Jepson Herbarium. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
  4. Gray, Asa (1876). "Miscellaneous Botanical Contributions". Proc. Amer. Acad. Arts 11: 83. https://www.biodiversitylibrary.org/page/8862039#page/91/mode/1up. Qaraldi: Mar 6, 2020. Arctostaphylos andersonii]]

Havolalar

tahrir