Ardenna ot zoti — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning janubiy va Fransiyaning shimoli-sharqidagi Ar-denna togʻligi rayonida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zoti z.ning tirik vazni 600- 700 kg, balandligi 148-160 sm, koʻkrak ayla-nasi 190-210 sm, pochasining yoʻgʻonligi 20-23 sm atrofida. Rossiyaga 19-asrning oʻrtalarida keltirilgan. Ardenna ot zoti z. asosida rus ogir yuk tortuvchi ot zoti hamda boltiq boʻyi ot zoti yara-tilgan. Avstriya, Vengriya, Argentina, Chilida ham boqiladi. Ardenna ot zoti z. tez yetiluv-chan, shuningdek oʻta chidamli, ozuqa tan-lamaydigan otlardan hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil