Ardus Toshkent Futzal Klubi – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrining futzal klubi.

«Ardus»
Toʻliq nomi Ardus Toshkent Futzal Klubi
Laqabi Bankirlar
Asos solingan 1998-yil
Stadion Oʻzbekiston Sport Majmuasi
Rahbari Oʻzbekiston Jahongir Usmonov
Murabbiyi Oʻzbekiston Nikolay Odushev
Musobaqasi
2022/2023
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Tarixi

tahrir

Klub 1998-yilda „Ardus“ savdo majmuasi taʼsischilari tomonidan tashkil etilgan. Ilk yillarida havaskorlar va korxonalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashib kelgan. 2003-yilda „Ardus“ Toshkent shahri birinchiligida gʻalaba qozondi va ushbu gʻalaba orqali Oʻzbekiston Kubogiga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Kubok oʻyinlarida qatnashgan „Ardus“, Oʻzbekiston Kubogi yarim-finaligacha yetib bordi. Ushbu muvaffaqiyat „Ardus“ rahbariyatini 2004-yilda „Ardus“ni Professional Futzal Klubiga aylantirishga olib keldi va „Ardus“ Oʻzbekiston Chempionatida ishtirok eta boshladi.

Chempionatdagi ilk debyut mavsumida „Ardus“ Oʻzbekiston Chempionatida Chempionlikka erishdi, shuningdek Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Shundan keyin „Ardus“ 6 karra Oʻzbekiston Chempioni, 4 karra Oʻzbekiston Kubogi sohibi sifatida Oʻzbekistonning eng kuchli futzal klubiga aylandi.

Ichki chempionatdagi yutuqlar „Ardus“ni xalqaro maydonda Oʻzbekiston shaarafini himoya qilish imkoniyatini berdi. Va klub Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida qatnasha boshladi. Birinchi turnir norasmiy maqomga ega boʻlib, 2006-yilda Eronda boʻlib oʻtdi va oʻsha turnirda „Ardus“ finalgacha yetib borib turnir mezbonlariga imkoniyatni boy berdi. 2012-yilda Klublar oʻrtasidagi Osiyo Chempionati rasman yoʻlga qoʻyilganida „Ardus“ yana finalgacha yetib borib Eronning „Giti Pasand“ klubiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo vitse-chempioni nomiga saazovor boʻldi.

2018-yilga kelib, „Ardus“ oʻz faoliyatini tugatdi.

„Ardus“ futzal jamoasi koʻp yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy negizini tashkil qilib kelgan. „Roʻzmat Madaminov“, „Turon-C“, „Maksam-CHirchiq“, „Doʻstlik-AIN“, „Nafis“, „Kogon“ va Zarafshonning sobiq „Stroitel“ jamoalari bilan birga Oʻzbekistonda futzalni ommalashishiga munosib ulush qoʻshib kelgan.

Aynan „Ardus“da toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan siyosat negizida keyinchalik „Bunyodkor“, „Lomokotiv“ va AGMK jamoalari oʻz tarkiblarini kuchaytirib keldilar. Bu esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasini ilk marotaba Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatiga chiqishida katta rol oʻynadi.[manba kerak]

Tarkibi

tahrir

„Ardus Toshkent Proffesional Futzal Klubi“ tarkibi 2014-yilning yanvar oyiga koʻra. Ushbu futzalchilarning koʻpchiligi Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi aʼzolaridir.

  • Darvozabonlar
  •   Ruslan Xalilov
  •   Nikolay Kravchenko
  • Himoyachilar
  •   Shaxzod Boʻriyev
  •   Shuhrat Tojiboyev
  •   Temur Shoymardonov
  •   Aleksandr Yakovlev
  • Humjumchilar
  •   Jamoliddin Sharipov
  •   Farrux Zokirov
  •   Dilshod Rahmatov
  •   Shavkat Muhiddinov
  •   Zarif Begulov
  •   Farhod Abdumavlonov
  •   Dilshod Irsaliyev
  •   Andrey Shlyoma

Mashhur oʻyinchilari

tahrir

Yutuqlari

tahrir

Oʻzbekiston Chempionatida

  • Chempion: 2004/2005, 2005/2006, 2006/2007, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012
  • Vitse-Chempion: 2008/2009, 2012/2013
  • Bronza medali sohibi: 2007/2008

Oʻzbekiston Kubogida

  • Chempion: 2005/2006, 2006/2007, 2008/2009, 2009/2010
  • Finalchi: 2004/2005, 2007/2008, 2012/2013

Oʻzbekiston Futzali Assotsiatsiyasi Kubogida

  • Chempion: 2010
  • Finalchi: 2012, 2013

Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida

  • Finalchi: 2006, 2012

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir