Argentinlar — xalq, Argentinaning asosiy aholisi. Umumiy soni 28,3 mln. kishi (1992), shundan 26,64 millioni Argentinada. Argentinlar ispan tilining argentin lahjasida soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari asosan — katolik. Argentinlar millati XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropa (asosan Ispaniya, Italiya)dan koʻchib kelganlarning mahalliy xalq (indeys)lar bilan qoʻshilishi natijasida paydo boʻlgan. Argentinlarning shakllanishi asosan XX asr boshlarida tugallandi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil