Argonavtlar (yun. Argonautai; Argo — kema nomi va nautes — dengizchi) — yunon mifologiyasidagi qahramonlar. A. „Argo“ kemasida ajdaho qoʻriqlab tu-radigan oltin terini olib kelish uchun Yason boshchiligida Kolxidaga boradilar va sehrgar Medeya yordamida uni qoʻlga ki-ritib, Yunonistonga olib keladilar. A. haqidagi mif yunon dengizchilarining Qora dengiz qirgʻoqlariga suzib kelishlari koʻhna tarixini aks ettiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil