Arilar
Arilar yoki arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kavlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yigʻuvchi apparatni hosil qiladi, uzun hartumi esa guldan nektar yigʻishga mos-lashgan. Arilarga 7 oila, 30 mingdan koʻproq toʻr kiradi, Oʻzbekistonda bir necha yuz turi uchraydi. Koʻpchilik arilar yakka yashaydi, ulardan faqat ayrim arilar koloniya hosil qiladi (masalan, andrenalar), boshqalari jamoa boʻlib yashaydi. Barcha arisimonlar uya quradi, bolasini nektar va chang aralashmasi bilan boqadi. Arisimonlar orasida uya parazitlari (kakku-ari) uchraydi. Arilar gulli oʻsimliklarning changlanishida katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |