Arin-berd — Urartu davlati pod-shosi Argishti I tomonidan miloddan avvalgi taxminan 780 yilda bunyod etilgan qal’a xarobasi; Yerevan shahri atrofida. Arin-berdda topilgan bitiklarga koʻra, qal’aning nomi Erebuni boʻlgan (Yerevan shahrining nomi shundan olingan deb taxmin eti-ladi). 1950-yildan beri Arin-berdda kazishma ishlari olib boriladi. Arin-berddan devoriy rasmlari boʻlgan saroy va ibodat-xonalarning xonalari ochilgan, ularda naqshlardan tashqari Urartu maʼbudlarining tasvirlari, xoʻjalik xonalari va omborxonalar, bitiklar topilgan. Qal’a urart qabilalarining Sevan koʻli tomon yurishlarida tayanch punkta boʻlib xizmat qilgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxirida oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotgan va uning yangi davri Urartu davlati tugagandan keyingi davr (miloddan avvalgi 5-asr) bilan bogʻliq.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil