Aristipp
Aristipp (Aristippos) (miloddan avvalgi5-asr 2-yarmi — 4-asr boshi) — yunon faylasu-fi, Sokratning shogirdi, Kiren makta-bining asoschisi. Gedonizm asoschilaridan biri. A. hayotning oliy maqsadi xursandchilikda deb bilgan, lekin uning fikricha, inson xursandchilikka boʻysunmasligi lozim, balki oqilona lazzatlanishga intilishi ke-rak, chunki oqilona lazzatlanish uning oliy saoda-tidir. Yaxshilik va yomonlikning, chin va yolgʻonning mezoni — xursandchilik va azob-uqubatdir.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |