Aristoksen (Aristoksenos) (miloddan avvalgi 354, Tarent – taxminan 300) – yunon musiqa nazariyotchisi. Aristotelning shogirdi. Uch kitobdan iborat „Garmonika“ asari, „Ritmika“sidan parchalar bizgacha yetib kelgan. Tanqidiy oʻzlashtirilgan Pifagor taʼlimoti bilan Aristotel gʻoyalarini qoʻshishga harakat qilgan. Aristoksen birinchilardan boʻlib, musiqa tovushlari bevosita eshitilishi bilan „sof sozli tovushlar tizmasi“ oʻrtasida farq mavjudligini koʻrsatdi. Mutlaq balandlik, intervallar, lad (tuzuk) yaratilajak modulyatsiya, kompozitsiyey prinsipi jihatidan farq qiluvchi „garmonik“ (musiqa) hodisalar tizimini ishlab chiqdi; intervallarning sadolanishi jihatidan konsonant va dissonantligini bayon qildi. Aristoksen taʼlimoti, ayniqsa, oʻrta asrlardagi Sharq musiqa nazariyasiga hamda Uygʻonish musiqa namoyandalariga taʼsir qildi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil