Ariyetta (ital. arietta) – 1) kichik ariya, odatda 2 qismli shaklda sodda bayoni va kuyining qoʻshiqsimon harakteri bilan ajralib turadi. Masalan, M. Yusupovning „Xorazm qoʻshigʻi“ operasidagi Bahor Axi; 2) 18-asr 1-yarmi fransuz operasidada capo ariyasi, italyancha matnga aytilgan. Italyan operasida sahna voqealari rivojiga bogʻlanmaganligi bilan ariyadan farqlanadi, divertismentda faqat „kiritilgan“ nomer sifatida ishlatiladi; 3) fransuz hajviy operasida – xalq ruhidagi yakkaxon ashula (ariya)si. Baʼzan, ariyetta nomi cholgʻu asarlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, B. Giyenkoning fortepiano uchun „Bolalar albomi“dagi ariyetta.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil