Arkadiy Markovich Mar (22-dekabr 1945-yil, Toshkent) – yozuvchi, jurnalist, muharrir, radio jurnalisti. AQSh, Nyu-Yorkning „Russkoyazichnaya Amerika“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri. SSSR, Rossiya, Moskva, O'zbekiston qoʻshma korxonasi aʼzosi. Xalqaro PEN klub Aʼzosi.

Arkadiy Mar
Tavalludi 22-dekabr 1945-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi yozuvchi, jurnalist

Tarjimai holi tahrir

Arkadiy Markovich 1945-yil 22-dekabrda Toshkentda jurnalist hamda musiqa oʻqituvchisi oilasiga tavallud topgan. Musiqa bilim yurtini, soʻngra Toshkent Konservatoriyasini (maxsus fortepiano fakulteti) tamomlagan. 15 yil Respublika maxsus musiqa-badiiy maktab-internatida ishlagan. 1995-yildan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi.

Arkadiyning birinchi hikoyalari 1977-yilda „Yoshlik“ respublika adabiy almanaxida (Toshkent) chop etilgan[1]. Uning koʻplab hikoyalari Oʻzbekiston gazetasi va jurnallarida chop etilgan va respublika radiosining adabiy koʻrsatuvlarida yangragan. Leningradda „Kostyor“ jurnali tomonidan oʻtkaziladigan yosh yozuvchilarning umumittifoq seminarlarida ishtirok etgan[2].

Mar 1995-yildan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi. 2000–2013-yillarda „Russkaya Amerika, NY“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri boʻlib faoliyat yuritgan. 2013-yildan hozirgi kungacha „Russkayazichnaya Amerika, NY“ gazetasining nashriyotchisi va Bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

Oʻn bir yil davomida Amerikaning eng qadimgi rus tilidagi „Nadejda“ radiostansiyasida „Amerika i Mir“ haftalida bir bor namoyish etiladigan bir soatlik mualliflik dasturini olib bordi. Uch yuzdan ortiq efirlarni oʻtkazdi, unda dunyoning turli mamlakatlaridagi siyosatchilar, ishbilarmonlar, artistlar, yozuvchilardan intervyu oldi[3].

Mukofotlari tahrir

Mar 1990-yil „Luchshaya detskaya kniga Rossii“, 2004-yilArtiada narodov Rossii“, 2006-yil „Serebryanaya Litera“ mukofotlariga sazovor boʻldi.

2008-yil Vladislav Krapivin nomidagi xalqaro adabiy mukofoti laureati, 2021-yil A. I. Kuprin nomidagi „yengib chiqish“ tanlovining laureati boʻlgan.

Yozuvchi Arkadiy 2021-yil rus adabiyotiga sodiqligi uchun „I. A. Bunina“ medali sohibi boʻlgan.

Bundan tashqari, „Buyuk shahid imperator Nikolay II“ ordeni hamda „Saribay bi Aydos-uli“ medali (Qozogʻiston) bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „ЖУРНАЛЬНЫЙ МИР“. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
  2. [https://www.labirint.ru/books/61890/ „Аркадий Мар: Маленькие повести о больших музыкантах Подробнее: https://www.labirint.ru/books/61890/“]. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
  3. „Аркадий Мар“. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.