Rukn
aruzda qisqa, choʻziq va oʻta choʻziq hijo (boʻgʻin)larning misralarda muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishi
(Arkon ad-DINdan yoʻnaltirildi)
Rukn (arab. — asos, ustun) — 1) aruzda qisqa, choʻziq va oʻta choʻziq hijo (boʻgʻin)larning misralarda muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishi. R.lar juzv(qism)lardan, juzvlar esa qisqalikchoʻziqlik sifatlariga ega boʻlgan hijolardan iborat boʻladi. R.lardan vaznlar hosil boʻladi. Muayyan sheʼr vaznini aniqlashda baytdagi hijolarning qisqa (V), choʻziq (—) yoki oʻta choʻziq (—V yoki ~) ekanligi tegishli belgilar bilan chizib koʻrsatiladi (qarang Aruz); 2) gazeta, jurnal va sh.k.da biror boʻlimning, umumlashtiruvchi mavzuning sarlavhasi; rubrika. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |