Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar

Arl yaqinidagi Qizil uzumzorlar — asar golland rassomi Vinsent Van Gog ijodiga tegishli boʻlib, 1888-yilning noyabr oyi boshlarida yaratilgan. Asarda uzumzorda ishlayotgan bir guruh ishchilarni koʻrish mumkin. Asar rassom hayotlik chogʻida oʻzi tomonidan sotilgan yagona asar hisoblanadi.[1][2]

Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar
Rassom Vincent van Gog
Yil 1888
Oʻlchami 75 sm × 93 sm (5,000 in × 6,200 in)
Joylashuvi Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow

Tarixi

tahrir

"Qizil uzumzorlar" birinchi marta 1890-yilda Bryusseldagi „Yigirmatalik jamiyat“ koʻrgazmasida namoyish etilgan va shu jamiyat aʼzolaridan biri boʻlgan belgiyalik rassom va kolleksioner Anna Boshga 400 frankga (bugungi kunda taxminan 2000 dollarga teng) sotilgan.[3][4]

Keyinchalik asar 1909-yilda Ivan Morozov tomonidan Parijdagi sanʼat galereyasidan sotib olingan. Rossiya inqilobidan soʻng, asar bolsheviklar tomonidan milliylashtirildi va keyinchalik Moskvadagi Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyiga topshirildi.[5]

Tasnifi

tahrir

Van Gog 1888-yil noyabrda ukasi Teoga shunday deb yozadi: „Eh, nega yakshanba kuni biz bilan birga boʻlmading! Biz qip-qizil uzumzorni koʻrdik — qizil vinoga oʻxshash. Olisdan sargʻish, tepasida esa yam-yashil osmon, atrofda — yomgʻirdan keyingi binafsha rang, baʼzi joylarda — quyosh botishining sariq aksi koʻrinadi“.[6]

Xuddi shu oyda, xuddi shu joyda, Monmajour abbatligi yaqinidagi uzum hosilining yigʻib olinishi tasvirlangan „Arledagi qizil uzumzorlar“, deb nomlangan asar yaratiladi.

Van Gogda bu manzara ertak xarakterini oladi. Oʻrim-yigʻim odamlari, dexqonlar, rassom tomonidan kundalik mashaqqatli mehnatni boshidan kechiruvchi oddiy xalq sifatida taqdim etiladi va bu shu hayotning timsoliga aylanadi.

Yana qarang

tahrir

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. „The van Gogh legend - a different picture The story that the artist sold just one painting in his lifetime endures. In fact, he sold at least two“. baltimoresun.com. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  2. „The Lore: Van Gogh Sold Only One Painting During His Life“. thoughtco.com. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  3. Hulsker (1980), 356
  4. Pickvance (1984), 168-169;206
  5. France. Second half of 19th - 20th century. Painting collection, State Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow: Red Square Publishers, 2005 — 55-57-bet. 
  6. Letter from Vincent van Gogh to Theo van Gogh. Auvers-sur-Oise, Tuesday, 24 June 1890. Amsterdam, Van Gogh Museum, inv. no. b692V/1962

Manbalar

tahrir