Arldagi yotoqxona
Arldagi yotoqxona (fransuzcha: La Chambre à Arles; niderlandcha: Slaapkamer te Arles) – bu 19-asrda yashadan gollandiyalik post-impressionist rassom Vinsent van Goghning uchta bir-biriga oʻxshash rasmlariga berilgan nom.
Arldagi yotoqxona | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Vincent van Gogh |
Yil | 1888 |
Katalog | |
Oʻlchami | 72 cm × 90 cm (28.3 in × 35.4 in) |
Ushbu kompozitsiyaga Van Gogh oddiygina "Yotoqxona" (fransuzcha: La Chambre à coucher) deb nom beradi. Uning maktublarida tasvirlangan uchta haqiqiy versiya mavjud boʻlib, ularni bir-biridan oʻngdagi devorda tasvirlangan rasmlardan osongina ajratish mumkin.
Rasmda van Gogning Arldagi Lamartin maydoni, Bush-du-Rhoneda joylashgan yotoqxonasi tasvirlangan. Oʻngdagi eshik orqali yuqori qavatga olib chiqadigan zinapoya tomonga ochiladi; chap tomondagi eshik Gauguin uchun tayyorlangan xona edi; old devordagi deraza Place Lamartin va uning bogʻlariga qaragan. Bu xona toʻrtburchak emas, balki old devorning chap burchagi oʻtkir burchakli hamda oʻng tomoni oʻtkir burchakli boʻlgan trapezoid edi[1].
Birinchi versiya
tahrirVan Gog ushbu Teoga, biroz keyinroq Gauguinga yozgan maktublariga kompozitsiyaning eskizlarini ham kiritgan[2]. Maktubda van Gog ushbu rasmni chizish goʻyasi kasallikdan bir necha kun toʻshakka mixlanib qolgach kelib chiqqanligini izohlaydi[3]. Ushbu versiyaning oʻng tomonidagi devorda van Gogning doʻstlari Eugene Boch va Paul-Eugene Millietning portretlari joylashgan. Eugene Bochning portreti "Shoir", Paul-Eugene Millietning portreti esa "Oshiq" deb nomlanadi[4][5].
Ikkinchi versiya
tahrir1889-yil aprel oyida van Gog Arldagi eski kasalxonada davolanayotganida ukasiga Ron daryosi toshqinidan zarar koʻrgan dastlabki versiyasini yuboradi. Teo rasmni qayta tiklash va nusxalash uchun unga qaytarib yuboradi. 1889- yil sentyabr oyida qayta chizadi va ikkala rasmni ham Teoga joʻnatadi[6][7][8].
Uchinchi versiya
tahrir1889-yilning yozida Van Gog onasi va singlisi Wil uchun oʻzining „eng yaxshi“ kompozitsiyalarini kichikroq hajmda qayta yaratish qaror qildi. „Yotoqxona“ kartinasi u tanlagan kompozitsiyalardan biri edi[9].
"Yotoqxona" kartinasida chap tarafdagi portret van Gogning "Zundertlik dehqon" avtoportretini eslatadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Though the building was damaged in an air-raid, June 25, 1944, and laid down afterwards, floor plans by Lèon Ramser, an Arlesian architect, dating from the 1920s have survived and supply most of the essential information, see: Roland Dorn, "Décoration": Vincent van Goghs Werkreihe für das Gelbe Haus in Arles, Georg Olms Verlag, Hildesheim, Zürich & New York, 1990, plate XIX/XX
- ↑ „Vincent van Gogh to Paul Gauguin : 17 October 1888“. webexhibits.org.
- ↑ „706“. vangoghletters.org. 2016-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel.
- ↑ „De minnaar (portret van luitenant Milliet) – Kröller-Müller Museum“. kmm.nl. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eugene Boch – Impressionist and friend of Vincent van Gogh“. eugeneboch.com.
- ↑ „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 22 May 1889“. webexhibits.org.
- ↑ „Theo van Gogh to Vincent van Gogh : 16 June 1889“. webexhibits.org.
- ↑ „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 5 or 6 September 1889“. webexhibits.org.
- ↑ „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 28 September 1889“. webexhibits.org.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |