Armaniston — Qozogʻiston munosabatlari

Armaniston — Qozogʻiston munosabatlari — Armaniston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMT hamda MDHga aʼzo. Armaniston va Qozogʻiston 1992-yil 27-avgustda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan. Armaniston Nur-Sultonda, Qozogʻiston esa Yerevanda oʻz elchixonasini ochgan. Qozogʻistonda arman millatiga mansub 25.000 kishi yashaydi. Qozogʻizton va Oʻzbekiston tarix davomida arman millatiga mansub insonlarni oʻz davlatida yashashiga ruxsat bergan kam sonli turkiy davlatlardan hisoblanadi.

Armaniston — Qozogʻiston munosabatlari

Armaniston

Qozogʻiston

Tarix tahrir

1918-yilgacha ikkala davlat ham Rossiya imperiyasining tarkibida boʻlgan va 1924-yildan to 1991-yilgacha ikkala davlat ham SSSR tarkibida boʻlgan. Ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 27-avgustda oʻrnatilgan. 1991-1992-yillarda Qozogʻiston Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushini tartibga solishda qatnashgan. 1993-yil iyunidan Qozogʻistonda Armaniston elchixonasi ochildi. Qozogʻiston Respublikasining Armanistondagi elchixonasi 2007-yil mart oyidan beri ishlaydi.

Elchilar tahrir

Qozogʻistonning Armanistondagi elchilari
  1. Aiymdos Bozzhigitov (2010-2015)
  2. Timur Urazaev (22-aprel 2016-yil-14-yanvar 2021)[1]
Armanistonning Qozogʻistondagi elchilari
  1. Arman Melikyan (1993-1999)
  2. Eduard Khurshudyan (1999-2004)
  3. Levon Khachatryan (2005-2008)
  4. Vasiliy Gazaryan (2008-2013)
  5. Ara Sahakyan (2013-2018)
  6. Gagik Galachyan (2018-2020)[2]

Manbalar tahrir

  1. https://www.primeminister.am/en/press-release/item/2021/01/14/Nikol-Pashinyan-Ambassador-of-Kazakhstan/
  2. arxiv nusxasi, 2020-12-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-03