Armaniston Fanlar Akademiyasi — Armaniston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1943-yil tashkil etilgan. Yerevan shahrida joylashgan. Akademiya tarkibida 43 akademik, 59 muxbir aʼzo, 2 xorijiy aʼzo bor. Akademiya tizimida 6 boʻlim, 32 ilmiy muassasa mavjud. Bir necha ilmiy jurnal, institutlarning ilmiy asarlarini va boshqa ilmiy adabiyotlarni nashr etadi. Kutubxonasi va nashriyotiga ega.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil