Armanistonda futbol
Armanistonda futbol (armancha: ֆուտբոլ futbol yoki votnagndak armancha: ոտնագնդակ) eng ommabop sport turi hisoblanadi.
2014-yil avgust holatiga koʻra futbol boʻyicha Armaniston milliy terma jamoasi FIFA Jahon reytingida 36-oʻrinni egallab turgan. 1991-yilda mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng, Armaniston FIFAning barcha musobaqalarida qatnashadigan oʻz milliy assotsiatsiyasiga ega boʻldi(Katta yoshlilar va yoshlar futboli). Ararat Yerevan FK Sovet Ittifoqidagi yuqori ligada yetakchi jamoalardan biri boʻlib, koʻpincha Yevropa musobaqalarida oʻynagan.
Armanistonning bir qator futbolchilari SSSR terma jamoasida oʻynashgan, jumladan 1982-yilgi Jahon chempionatida Xoren Oganesiyan va 1960-yilda Eduard Markarovlar shular jumlasidandir[1]. Keyinchalik Markarov Sovet Ittifoqi yoshlar jamoasining yordamchi murabbiyiga aylandi va 1991-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida murabbiylar shtabining bir qismi boʻlib ishladi va terma jamoa musobaqada 3-oʻrinni egalladi.
Tarixi
tahrirDastlabki davr (1920-yillarga qadar)
tahrirXX asrning boshlarida Usmonlilar imperiyasining tarkibidagi Konstantinopol, Smirna va boshqa koʻplab shaharlarda birinchi arman futbol klublari tashkil etilgan[2]. Armaniston va Turkiya jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyin 1906-yilda qayd etilgan. Balta-Liman nomli Armaniston klubi (Konstantinopol mahallasi nomidan, hozirgi Baltalimani deb nomlangan) Galatasaroy bilan maydonga tushdi. Keyinchalik Balta-Liman tarqatib yuborilgan va ikkita yangi klub: Araks va Tork tashkil etilgan.
Biroq, Birinchi jahon urushi va Arman qirgʻinining boshlanishi armanlarning Usmonlilar sportiga qoʻshilishining pasayishiga olib keldi.
Sovet davri (1920-1991)
tahrirSovet Armanistonidagi futbol jamoalarining eng qadimgilari 1926-1927-yillarda qayd etilgan boʻlib, Tbilisida Trans-Kavkaz chempionati tashkil qilingan. Musobaqada uchta Janubiy Kavkaz mamlakati: Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya ishtirok etgan. Armanistondagi birinchi professional klub 1935-yilda „Spartak“ nomi bilan tashkil topgan va keyinchalik „Ararat“ deb oʻzgartirilgan. Ararat Yerevan FK 1973-yilgi Sovet chempionati va Kubogidagi gʻalabalari bilan ajralib turadi. Ararat FK 1974-75-yillardagi Yevropa kubogining chorak finaliga qadar yetib borgan va oxir-oqibat chempion Frans Bekkenbauerning Bavariya jamoasiga yutqazgan. Armanistondagi birinchi stadion ham 1920-yillar oxirida hozirgi Yerevan sirkining oldida qurilgan va „Spartak“ deb nomlangan[3].
1958-yilda Gyumri (oʻsha paytda Leninakan)da Shirak FKga asos solingan va 1991-yilda Armaniston mustaqillikka erishguniga qadar Sovet Ittifoqining birinchi ligasida oʻynagan.
Mustaqil Armaniston (1992-hozir)
tahrirFutbol mustaqil Armanistonda eng ommabop sport turiga aylandi. Armaniston 1991-yilda mustaqil davlatga aylandi, Armaniston SSR futbolchilari avval futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi terma jamoasida oʻynagan boʻlsa, endi oʻz milly jamoasida oʻynay boshladi. Armaniston futbol federatsiyasi 1992-yil 18-yanvarda tashkil topgan va 1992-yilda FIFA bilan, 1993-yilda UEFA bilan aloqalarni oʻrnatgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Goal supporting Armenia“. FIFA.com (2014-yil 6-fevral). 2014-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-mart. (Wayback Machine saytida 2014-03-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Genocide Museum | The Armenian Genocide Museum-institute“. Genocide-museum.am. Qaraldi: 2014-yil 7-mart.
- ↑ „Armenia matches, ratings and points exchanged“. Eloratings.net. Qaraldi: 2014-yil 7-mart.
- ↑ „hy:Հայաստանի ֆուտբոլի ֆեդերացիա – ՀՖՖ-ի մասին“ (hy). FFA.am. Qaraldi: 16-aprel 2013-yil.