Arne Friedrich
Arne Friedrich (talaffuzi: Arne Fridrix; 1979-yil 29-mayda Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati Bad Oeynxauzen shahrida tugʻilgan) — nemis futbolchisi, himoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Arne Friedrich[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-may 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Bad Oeynhausen, Shimoliy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hertha BSC (sport direktori) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1985—1987 | FC Bad Oeynhausen | ||
1987—1992 | TuS Lohe | ||
1992—1995 | SC Herford | ||
1995—1999 | FC Gütersloh | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2000 | SC Verl | 31 | (0) |
2000—2002 | Arminia Bielefeld | 47 | (1) |
2002—2010 | Hertha BSC | 231 | (13) |
2010—2011 | VfL Wolfsburg | 15 | (0) |
2012—2013 | Chicago Fire | 23 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | Germaniya U21 | 5 | (0) |
2002 | Germaniya 2006 | 1 | (0) |
2002—2011 | Germaniya | 82 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2014—2015 | Germaniya U18 (assistent) | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyatiTahrirlash
Arne faoliyatini Regional ligadagi „Verl“ futbol klubida boshlagan. U yerda uni Bielefeldning „Arminia“ futbol klubi menejeri Hermann Gerland koʻrgan va uni oʻz jamoasiga qoʻshilishiga taklif qilgan. 2000—2001-yilgi mavsum boshida Friedrich oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Yangi jamoada Arne tezda asosiy jamoaning oddiy oʻyinchisiga aylangan.
2002-yilning yozida Friedrich poytaxtning „Hertha“ futbol klubi taklifini qabul qilgan. Oʻsha yili yangi jamoa tarkibida Arne kubok yoʻlida „Bayern Munich“, „Borussiya Dortmund“ va „Schalke 04“ futbol klublarini magʻlub etib, Liga kubogi sohibiga aylangan.
2010-yil 2-iyul kuni Friedrich „Wolfsburg“ futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[2]. 2011-yilning 15-yanvarida Arne yangi jamoa safida „Bayern München“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan.
Friedrich juda koʻp jarohat olgani bois, 2011-yil 19-sentabrda „Wolfsburg“ futbol klubi himoyachi bilan shartnomani bekor qilib, unga erkin agent maqomini bergan[3].
Xalqaro faoliyatiTahrirlash
U milliy terma jamoadagi birinchi oʻyinini 2002-yil 21-avgustda Sofiyada oʻtkazgan, oʻshanda nemislar bolgarlar bilan oʻrtoqlik oʻyinida kuch sinashishgan. 2004-yil 21-dekabrda Friedrich Bangkokdagi oʻrtoqlik oʻyinida Tailand terma jamoasini 5: 1 hisobida magʻlub etganida terma jamoa sardori bogʻichini taqib maydonga tushgan[4].
Friedrich Germaniya terma jamoasidagi ilk golini 2010-yilning 3-iyulida 2010-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida, Germaniya — Argentina jamoalari oʻrtasidagi bahsda o‘zining 77-o‘yinida kiritgan. Uchrashuvning yakuniy hisobi 4:0 koʻrinishida boʻlga va nemislar bu uchrashuvda gʻolib boʻlishgan.
StatistikaTahrirlash
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
Arminia Bielefeld Germaniya | 1999—2000 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 |
2000—2001 | 25 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 27 | 1 | 0 | |
2001—2002 | 22 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 0 | 0 | |
Jami | 47 | 1 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 53 | 1 | 0 | |
Hertha Berlín Germaniya | 2002—2003 | 33 | 5 | 4 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 0 | 42 | 5 | 4 |
2003—2004 | 30 | 2 | 3 | 3 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 35 | 3 | 3 | |
2004—2005 | 25 | 3 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 25 | 3 | 7 | |
2005—2006 | 31 | 1 | 1 | 3 | 1 | 2 | 8 | 0 | 0 | 42 | 2 | 3 | |
2006—2007 | 26 | 2 | 0 | 4 | 0 | 1 | 4 | 0 | 1 | 34 | 2 | 2 | |
2007—2008 | 30 | 0 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 0 | 2 | |
2008—2009 | 25 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 0 | 34 | 0 | 1 | |
2009—2010 | 31 | 1 | 2 | 2 | 0 | 0 | 5 | 0 | 0 | 38 | 1 | 2 | |
Jami | 231 | 14 | 20 | 16 | 2 | 3 | 35 | 0 | 1 | 282 | 16 | 24 | |
VfL Wolfsburgo Germaniya | 2010—2011 | 15 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 | 0 |
2011—2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 15 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 | 0 | |
Chicago Fire AQSh | 2012 | 23 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 | 0 |
2013 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 23 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 316 | 16 | 20 | 25 | 2 | 3 | 35 | 0 | 1 | 376 | 18 | 24 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: Germany“. FIFA (12-iyun 2010-yil). 18-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Фридрих перешёл из «Герты» в «Вольфсбург»“ (ru). championat.ru (2-iyul 2010-yil). 22-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
- ↑ „Germany defender Friedrich quits Wolfsburg“ (en). Sports Illustrated (19-sentabr 2011-yil). 23-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Nummer 3: Arne Friedrich - WM 2006“ (de). Focus Online. 22-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2010-yil.