Aron Shalomayev
Aron Shalomayev (1917.20.10, Buxoro — 2004.20.7, Isroil) — yozuvchi, dramaturg, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkentdagi oʻqituvchilar uyini tugatgan (1934). Yozuvchilik faoliyatini 20-asr 30y.laridan boshlagan. "Oqibat" Shalomayevning ilk pyesasi. "Ona mehri", "Ardokli Vatan", "Halollik", "Qon sachragan chinor", "Buxoro fojiasi", "Alisher Navoiy", "Ahmad Donish", "Ibn Sino", "Oltin qafas ichra", "Umar Xayyom", "Iztirob", "Qalb nidosi", "Gardishi davron" kabi asarlarining deyarli hammasi respublikamiz teatrlarida saxnalashti? rilgan. Toshkentdagi 29sonli, 65sonli maktablarning va oʻquvchilar saroyining uzok, yillar davomida direktori boʻlgan. Samarqand davlat buxoroyahudiylari musiqali drama teatrining tashkilotchilaridan. "Axaronnoma" ("Xotiranoma") turkumidagi 8 ta kitob, "Buxoro yahudiylarining adabiyoti" (14—20-asrlar 2 jildli, Xanoy Tolmas bilan) nomli kitob muallifi. "Amnun va Tomor", "Ester xamalka" uning soʻnggi yillar yaratgan asarlaridir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |