Arpa doni — 1) qadimgi ogʻirlik oʻlchov birligi. Ming dona arpaning ogʻirligi 40,9510 -g 40,9514 g boʻlgani uchun 1 dona arpaning ogʻirligi oʻrtacha 0,0409512 g ga teng, deb olingan. Ilga-ri mana shu ogʻirliklar boʻyicha misqol va qadoq qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun qadimda 1 misqol q 100 Arpa doni = 4,0912 g boʻlgan. Lekin arpa qaysi zamon va qaysi oʻlkada yetishtirilganligiga qarab Arpa donining katta-kichikligi har xil boʻlgan. Shuning uchun keyinchalik 1 Arpa doni = 0,0453 g deb qabul qilingan. 14-asr ga ke-lib esa 1 Arpa doni = 0,045 g boʻlgan. Hozirgi vaqtda baʼzi Sharq mamlakatlarida 1 Arpa donining 0,048 g ga teng qiymati qoʻllanilmoqda. Baʼzan 1 Arpa doni = 0,052 g. Arpa donining fors-cha nomi jou, yana boshqa nomi shaʼira-dir. 1 shaʼira 0,052 g ga teng deb qabul qilingan; 2) uzunlik oʻlchov birligy. 1 dona arpaning eni ishchi otning 6 dona yoliga yoki barmoqning oltidan biriga 642teng. 1 Arpa doni = 1/6 barmoqq6 ishchi otning yoli. Agar 1 barmoq 2,18n-2,28 sm ga teng boʻlsa, u holda 1 Arpa doni = 0,36-0,38 sm.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil