Arpabodiyon (Anisum) — zira-doshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi; 2 turi bor. Oʻzbekistonda oddiy Arpabodiyon (Arpabodiyon Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uch boʻlakli), yirik arra tishli, yuqoridagilari ipsimon boʻlakchalarga boʻlingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga toʻplangan. Arpabodiyonning mevasi tar-kibida 3,2%, baʼzan 6% gacha efir moyi va 28% gacha boshqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gacha anetol boʻladi. Mevasi va efir moyidan tayyorlangan preparatlar balgʻam koʻchiruvchi sifatida qoʻllanadi. Arpabodiyon mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.

Arpabodiyon Qadimdan maʼlum boʻlgan oʻsimlikdir. Bu oʻsimlikni qadimgi Yunonistonliklar uylarida yovuz ruhlarni quvadi deb saqlash odatlari bor edi. U uyda osoyishtalik, tinchlik va qulaylikni taʼminlashga qodir deb ishonishgan.bu xususiyat unga bekorga berilmagan. U nafaqat har qanday oshpazlik idishini tuldiribgina qolmasdan uy uchun antiseptik, mikroblar, bakteriyalar va xavfli viruslani shavqatsiz yoʻq qilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil