Arqoniy
Arqoniy – kechpishar qovun navi. Shakli ellipissimon, boʻyi 30 – 35 sm, ogʻirligi 4 – 7 kg. Poʻsti qalin, sirti bir oz burishgan, kam toʻr, yashil. Eti oqish-yashil, qalinligi 4 – 5 sm, shirin, tarkibida 9,1% gacha qand bor. Urugʻxonasi katta, urugʻi choʻziq va biroz bukik. Urugʻi ekilganidan keyin 100 – 120 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 350 s/ga. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekiladi. Kuz – qishda asrash va olis joylarga yuborish uchun yaroqli (yana qarang Qovun).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |