Arraburun akulalar (Pristiop horidae) — akulalar turkumi oilasi. Uzunligi 1,5 m gacha, tanasi silindrsimon, choʻziq. Tumshugʻi uzun va yassi kilichsi-643mon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshugʻi oʻrtasidagi ik-kita uzun moʻylovlari tuygʻu vazifasini bajaradi. Anal suzgichi boʻlmaydi. 4 — 5 turi bor, Hind okeani va Tinch okeanning gʻarbiy sohillari yaqinida, asosan tropik suvlarda tarqalgan. Suv tubidagi uncha chuqur boʻlmagan joylarda yashaydi, mayda baliqlar va suv tu-bidagi umurtqasizlarni kovlab olib yeydi. Tirik tugʻadi. Ovlanadi, mahalliy ahamiyatga ega.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil