Arrenotokiya — urugʻlanmagan tuxumlardan faqat erkak hayvonlar chiqishi. A. asalarida yaxshi oʻrganilgan. Ona asalari urugʻlangan va urugʻlanmagan tuxum qoʻyadi. Urugʻlangan tuxumlardan urgʻochi (ona va ishchi) arilar, urugʻlanmagan tuxumlardan erkak arilar rivojlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil