Arsenidlar — metallarning margimush bilan hosil qilgan birikmalari. A. yuqori temperaturada eriydigan qattiq va ogʻir moddalardir. Ishqoriy metallarning A.i suvda parchalanib, arsin va ishqor hosil qiladi. Boshqa metallar A.i faqat kislotalarda eriydi. Ay-rim A. yarim oʻtkazgich xususiyatiga ega. Davriy sistemaning III guruhi metallari A.ining baʼzilari kristallanga-nida yiltiroq pyx tosh tuzilishiga ega boʻlganligi sababli ulardan lazer kri-stallari (GaAs, InAs, GaxIn1)cAs), tok kuchini toʻgʻrilagichlar, diodlar va triodlar (GaAs) tayyorlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil