Arshiy Xoʻjajahon Yaʼqub (1706 — 1756, Qashqar) — uygʻur shoiri, davlat arbobi. Oyrot xonligi (1635−1758) ning Kashqardagi noibi. Arshiy uygʻur mumtoz sheʼriyatida lirik janr rivojiga hissa qoʻshgan. Navoiyga ergashgan („Koʻngul“ musammani), tatabbular bitgan. Asarlarida insoniylik, vafo, mehr-muhabbat, ezgulik va doʻstlikni tarannum etgan, ijtimoiy tengsizlik va huquqsizlikdan noligan. Uning „Xoʻjajahon Arshiy“ nomli devoni mavjud.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil