Artemida (inglizcha: Artemis) — bu NASA kosmik agentligi va boshqa uchta hamkor agentlik: Yevropa kosmik agentligi, Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi va Kanada kosmik agentligi bilan birgalikda Oyni tadqiq qilish boʻyicha tuzilgan dastur hisoblandi. Artemida dasturi 1972-yilda Apollon 17 missiyasidan keyin ilk marta Oyda inson mavjudligini tiklaydi. Dasturning asosiy komponentlari Space Launch System raketasi, Orion kosmik kemasi, Lunar Gateway kosmik stansiyasi hamda insonning tijoriy qoʻnish tizimlari, jumladan Starship HLS. Dasturning uzoq muddatli istiqboli Oyda doimiy baza lagerini tashkil etish hamda insonlarning Marsga parvozlarini osonlashtirishdan iboratdir.

Artemis dasturining rejalashtirilgan missiyalari

Artemida dasturi butun dunyo boʻylab kosmik agentliklar, kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlik boʻlib , Artemida kelishuvlari va shartnomalar tuzgan. Bitimlar 2020-yil 13-oktabrda sakkizta milliy kosmik agentlik direktorlari tomonidan imzolangan: AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, BAA, Yaponiya . Keyinchalik shartnomaga Ukraina, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Polsha, Meksika, Isroil, Ruminiya, Bahrayn, Singapur, Kolumbiya, Fransiya hamdaSaudiya Arabistoni davlatlari qoʻshildi[1].

Dasturning tuzilishi

tahrir
 
Rassomning oy moduli (chapda) va Constellation dasturining kosmik kapsulasi tasviri

Artemida dasturi bir qator missiyalar atrofida tashkil topgan. Ushbu kosmik missiyalar murakkablashadi hamda bir yil yoki undan koʻproq vaqt oraligʻida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. NASA va uning hamkorlari Artemida 1 dan Artemida 5 ga qadar missiyalarni rejalashtirgan edi. Keyinchalik missiyalar ham taklif qilindi. Har bir missiya Orion kosmik kemasini olib yuradigan Space Launch System raketasini uchirishga qaratilgandi. Post- Artemis 2 missiyalari boshqa tashkilotlar tomonidan ishga tushirilgan qoʻllab-quvvatlash missiyalariga hamda yordamchi rollar uchun kosmik kemalarga bogʻliq boʻladi.

Qoʻllab-quvvatlash missiyalari

tahrir

Qoʻllab-quvvatlash missiyalariga robotlashtirilgan qoʻnishlar, Gateway modullarini yetkazib berish, Gateway logistikasi, HLS yetkazib berish va oyning asosiy elementlarini yetkazib berishdan iborat. Ushbu missiyalarning aksariyati NASAning tijorat sotuvchilari bilan tuzilgan shartnomalari ostida.

Tijoriy Lunar Payload Services (CLPS) dasturining bir qismi sifatida bir nechta avtomatik desantlar ilmiy asboblar va robot-roverlarni Oy yuzasiga yetkazadi. Dastur doirasida Oy bazasiga foydali yuklarni yetkazib berish uchun qoʻshimcha CLPS missiyalari rejalashtirilgan. Bularga yashash muhiti modullari hamda ekipaj missiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun roverlar kiradi.

 
SLSni erta ishga tushirilishi

Tarixi

tahrir

Artemida dasturi ilgari bekor qilingan NASA dasturlari va missiyalarining bir nechta asosiy komponentlarini, jumladan, Constellation dasturi va asteroidlarni yoʻnaltirish missiyasini oʻz ichiga olgan. Dastlab tasdiqlangan Constellation dasturi Ares 1, Ares 5 va Orion tadqiqot kemasini ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan. Dastur 2000-yillarning boshidan 2010-yilgacha davom etgan[2].

2010-yil 15-aprelda AQSh prezidenti Obama Kennedi kosmik markazida nutq soʻzlab, maʼmuriyatning NASA uchun rejalarini maʼlum qildi hamda dasturning yaroqsiz boʻlib qolganligi sababli Constellation dasturining Orion boʻlmagan elementlarini bekor qildi. Buning oʻrniga u 6 milliard AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ taklif qildi. 2015-yilgacha qurilishga tayyor boʻlishi uchun yangi ogʻir yuk koʻtaruvchi raketa dasturini ishlab chiqishga chaqirdi.

 
Prezident Donald Tramp 2017-yil 11-dekabrda kosmik siyosat boʻyicha 1-direktivani imzoladi

Artemidani qayta belgilanishi va nomlanishi

tahrir

2017-yil 11-dekabrda Prezident Donald Tramp Koinot siyosati boʻyicha birinchi direktivani imzoladi. Shu bilan birga milliy kosmik siyosatga oʻzgartirish kiritildi, bu oʻzgartirish AQShning xususiy sektor hamkorlari bilan odamlarni Oyga qaytarish, soʻngra Marsga, undan tashqariga missiyalarni amalga oshirish boʻyicha keng qamrovli dasturini nazarda tutardi. Siyosat NASA maʼmurini „quyosh tizimida insonning kengayishini taʼminlash va Yerga yangi bilim va imkoniyatlarni olib kelish uchun tijorat va xalqaro hamkorlar bilan innovatsion barqaror tadqiqot dasturini boshqarishga“ chaqiradi. Ushbu saʼy-harakatlar odamlarni Oyga qaytarish va Marsni inson tomonidan tadqiq qilish uchun poydevor qoʻyish boʻyicha davlat, xususiy va xalqaro saʼy-harakatlarni yaxshiroq tashkil etishga qaratilgan. Kosmik siyosat boʻyicha direktiv 1 oyga qaratilgan kampaniyaga ruxsat bergan. Dastur AQSh kosmik kemalarining eski dasturlari, jumladan Orion kosmik kapsulasi, Gateway kosmik stantsiyasi, Oyga foydali yuk tashish xizmatlariga asoslanadi, shuningdek, qoʻnish tizimi odami kabi mutlaqo yangi dasturlarni yaratadi. Ishlab chiqilayotgan kosmik uchirish tizimi Orion uchun asosiy raketa sifatida xizmat qilishi kutilmoqda, tijorat raketalari esa dasturning boshqa turli elementlarini ishga tushiradi[3].

Ishga tushirilishi

tahrir

Artemida 1ning ishga tushirilishi dastlab 2021-yil oxiriga rejalashtirilgan edi, biroq ishga tushirish sanasi 2022-yil 29-avgustga koʻchirildi[4]. Dvigatel muammolari ushbu sanani kechiktirishga sabab boʻldi.

Oy skafandrlari

tahrir
 
Oy kostyumi xEMU

2019-yilning 15-oktabr kuni NASA Artemida oy missiyasi uchun foydalaniladigan va ular asosida Marsga parvoz uchun skafandrlar loyihalash rejalashtirilgan ikkita skafandr prototiplarini taqdim etdi.

 
OCSS qutqarish kostyumi

Boʻlajak astronavtlar uchun birinchi marta boʻyli yoki past boʻyli boʻlish muammo tugʻdirmaydi — yangi skafandrdan birinchi foizdagi ayollar foydalanishi mumkin boʻladi.

Oy sayrlari

tahrir

2023-yil noyabr oyida VIPER Lunar rover Oyning janubiy qutbiga suv muzini qidirish uchun uchiriladi. Rover sirt qatlamlaridagi vodorod miqdorini oʻlchash uchun moʻljallangan neytron spektrometri, shuningdek, uchuvchi moddalar izlarini qidirish uchun moʻljallangan yaqin infraqizil spektrometr bilan jihozlanadi. Qurilma 1 m chuqurlikka kirib boradigan burgʻulash hamda burgʻulash paytida olingan namunalarni tahlil qilish uchun massa spektrometri bilan jihozlanadi[5].

Oy bazasi

tahrir
  • 2028-yildan keyin — Oyda 15 yillik ishlashga moʻljallangan doimiy bazani yaratish loyihasi tuzilmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „NASA: Artemis Accords“. NASA. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  2. Clara Moskowitz published. „NASA Stuck in Limbo as New Congress Takes Over“ (en). Space.com (2011-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  3. Loren Grush. „NASA administrator on new Moon plan: ʻWe’re doing this in a way that’s never been done before’“ (en). The Verge (2019-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  4. Stephen Clark. „NASA’s moon rocket rolls back to Vehicle Assembly Building for repairs – Spaceflight Now“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  5. „NASA разрабатывает самоходный аппарат для поисков залежей льда на южном полюсе Луны“. ТАСС (2019-yil 17-oktyabr). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.