Artemiya
Artemiya (Artemia salina) — jabraoyoqlilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlarning bir turi. Uzunligi 0,8 — 1 sm. Erkagining antennasi tutuvchi organga aylangan boʻlib, kuyikish dav-rida urgʻochisini ushlab turish uchun xizmat qiladi; antennalari ipsimon, tuxum xaltasi bitta. Turli darajada shoʻrlangan koʻllar, koʻlmak suvlari va dengiz limanlarida tarqalgan. Suv shoʻrlanishining juda keng chegarada oʻzgarishiga (40 dan 230% gacha) moslashgan. Korin boʻlimi uchidagi ayrisining rivojlanishi suvning shoʻrlanishiga qarab oʻzgarib turadi (shoʻrlanish qancha kam boʻlsa, ayri shun-cha uzun boʻladi). Oʻzbekistonning choʻl va dashtlarida sizot suvlardan hosil boʻlgan koʻllarda, zovur suvlarida koʻp uchraydi. A. baliqlarga oziq sifatida maxsus zavodlarda koʻpaytiriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |