Arterioskleroz (arteriyalar va yun. sklerosis — skleroz) — ar-teriya devorining qalinlashishi va qattiqlanishidan iborat surunkali ka-sallik. Tomir devorida fibroz toʻqima oʻsib ketishi oqibatida u qattiqlashib, elastikligini yoʻqotadi. Natijada qon tomir boʻshligʻi torayadi va shu tomirdan qon oladigan toʻqima faoliyati pasayadi. A. qariyalarda, yuqumli-allergik kasalliklar va boshqalarda kuzatiladi (qarang Ateroskle-roz).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil