Arthur Compton (talaffuzi: Artur Komton) (1892.10.9, Vuster, Ogayo — 1962.15.3, Berkli) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi. Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasiga, kosmik nurlar fizikasiga oid. Kavendish labarotoriyasi (Kembrij)da rentgen nurlari sochilishi va yutilishini tekshirgan (1920). Modda elektronlari sochadigan rentgen nurlari toʻlqin uzunligining oʻzgarish effekti (Kompton effekti)ni ochgan va yorugʻlikni fotonlar oqimi sifatida tasavvur qilgan holda bu effekt nazariyasini yaratgan (1922). Metal va shishalar sirtidan rentgen nurlarining toʻliq qaytish hodisasini aniqlagan. Kristalllar va ayrim atomlarda elektron zichligining taqsimlanishini hisoblash usulini ishlab chiqqan. Kosmik nurlarni tekshirish bilan shugʻullangan va birlamchi kosmik nurlarning korpuskulyar tabiatidan dalolat beruvchi effektni aniqlagan. Atom bombasini yaratishda qatnashgan (1941—45). Nobel mukofoti laureati (1927)[1][2]

Arthur Holly Compton (1927)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari