GARDEN (Harden) Artur (1865. 12.10, Manchester — 1940. 17.6, Born-End, Bakingemshir) — ingliz biokimyogari. London tibbiyot profilaktikasi instituti direktori (1907-yildan) hamda London universiteti professor (1912-yildan). Asosiy ishlari biokimyo va enzimologiyaga bagʻishlangan. Koferment nikotinamidadenindinukleotid (NAD)ni kashf qilgan. Qandning fosforli efiri — geksozomonofosfatni topgan (1914). Bijgʻish jarayonini tezlashtiruvchi qator fermentlar — karboksilaza, katalaza, peroksidazalarni tekshirgan. Nobel mukofoti laureata (1929, G. K. A. S. Eyler-Xelpin bilan hamkorlikda).[1][2]

Arthur Harden

Manbalar

tahrir