Artikl
Artikl (lotincha: articulus) — baʼzi tillarda otning oldida kelib, aniqlik maʼnolarini bildiradigan old qoʻshimcha. Bir xil tillarda (ingliz) Artikl kelishik, jins va sonda oʻzgarmaydi, ayrim tillarda (nemis) oʻzgaradi. Oʻrta Osiyo mumtoz adabiyotida arabcha (al) ar-tikli (arab tilidan kirgan soʻzlarda) otlar oldidan kelib, aniqlik maʼnosini beradi. Agar al qamariya harflaridan (qarang Arab yozuvi) oldin kelsa, toʻla oʻqiladi: alkitob- muayyan bir kitob, Qur’on; al-Xorazmiy, al-Beruniy. Shamsiya harflaridan oldin kelsa, talaffuzda tushib, undan keyingi harf takrorlana-di: ash-shamsu; an-nabiy — kabi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |