Artroz (yunoncha: ''arthron" – boʻgʻim "osis" (kasallik yoki degenerativ o‘zgarish)- boʻgʻimning distrofik surunkali kasalligi. Moddalar almashinuvi va ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, boʻgʻimlarning shikastlanishi, shamollash, intoksikatsiya, infeksion kasalliklar oqibatida kelib chiqadi. Tor poyabzal kiyish oyoq panjasi boʻgʻimlari A.iga sabab boʻlishi mumkin. A.da yirik (tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak) hamda mayda boʻgʻimlar, xususan umurtqa pogʻonasi boʻgʻimlari (spondiloartroz) zararlanadi. Boʻgʻimlar bir oz shishadi, bosib koʻrilganda ogʻriydi; bukish yoki yozish chogʻida qirsillagan tovush eshitiladi. Koʻpincha 40 – 60 yashar ayollar oʻrtasida uchraydi. Qaysi boʻgʻim zararlanganligi va kasallik bosqichiga qarab davo qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil