Artur Razmikovich Grigoryan (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1993). 1978 yildan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. G.ga 1986 — 93 yillarda V. Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida gʻolib chiqqan. 1994-yildan professional boksda (germaniyalik Frits Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qitʼalararo chempion (1995). Grigoryan jahon boks tashkiloti (WBO) tasnifi boʻyicha 61,2 kg vazn toifasida 16-marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanvar; Berlin, Gamburg, Kotbus va hokazo). Professional boksda 34-marta jang qilib hammasida yenggan, „Qirol“ („Konig“) nomi bilan tanilgan. Grigoryan chempionlik „Oltin kamar“ining biri Toshkentdagi Olimpiada shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (1998), "Mehnat shuhrati" ordeni (1996) bilan taqdirlangan.[1]

Artur Grigoryan
Tavalludi 27-oktyabr 1967-yil (1967-10-27) (57 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil