Artur afsonalari — Uels (Angliya)da istiqomat qiluvchi keltlarning rivoyatlari; koʻplab sheʼriy asarlarga mavzu boʻlgan. Bularga asos qilib orttlarning qirollaridan biri — qirol Artur (5 −6-asr) prototipi olingan. U anglo-sakslar istilosiga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Qirol Artur qirolligi 8-asrning ikkinchi yarmigacha faoliyat yuritgan. Keltlar oʻz mustaqilliklarini qayta tiklash haqidagi orzu-umidlarini Artur nomi bilan bogʻlaganlar. Tarixiy shaxs sifatida Artur 7-asrdan boshlab kelt va bre-tonlarning bard (shoir va qoʻshiqchi)lari ijodida, shuningdek lotin yilnomachisi Galfrid Monmautskiyning „Britaniya qirollari tarixi“ (taxminan 1137) kito-bida tilga olinadi. Angliyada 13 — 14-asrlarda „Artur“, „Artur va Merlin“, „Arturning oʻlimi“ romanlarining tarjimasi paydo boʻladi. Artur afsonalari mavzuida ritsarlik haqidagi eng yaxshi ingliz romani — „Ser Gaveyn va Yashil ritsar“ nazmda yaratildi (14-asr). 15-asrda T. Malo-ri „Artoʻrning oʻlimi“ romanini yezdi. Bir qator ijodkorlar oʻz asarlarida Ar-tur obraziga murojaat etganlar. Mas, E. Spenser „Qirolicha fey“da, J. Drayden „Qirol Artur“ opera librettosida, U. Morris „Ginevr mudofaasi“ poemasida va boshqa M. Tvenning „Yanki qirol Artur sa-royida“ asarida Artur afsonalari taqlidiy-hajviy talqin etilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil