Artyom Borodulin
Artyom Igorevich Borodulin (ruscha: Артём Игоревич Бородулин; 1989-yil 9- mart, Perm) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2008-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi figurali uchish boʻyicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2009-yilgi Rossiya chempionatining kumush medali sohibi. Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi[1].
Artyom Borodulin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Artyom Borodulin |
Tavalludi | Perm, Rossiya |
Boʻyi | 175 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 210.16 |
Qisqa dastur | 72.24 |
Erkin dastur | 137.92 |
Faoliyati
tahrirArtyom 5 yoshida Permda konkida uchishni boshlagan. 2006-yil bahorida u ukasi Sergey (figurali uchuvchi) va onasi bilan birga murabbiy Yelena Buyanova (Vodorezova) qoʻl ostida mashq qilish uchun Moskvaga koʻchib oʻtgan.
2007 — 2008-yilgi mavsum Artyom uchun oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarning soʻnggi mavsumi boʻlgan.
Borodulin 2007-yil noyabr oyida mashgʻulot paytida oyogʻini sindirib olgan. Natijada, u oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining finalini oʻtkazib yuborgan. Xuddi shu sababga koʻra, Artyom Rossiya chempionatida ishtirok eta olmagan. Biroq, sogʻligʻini tiklab, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
Artyom Borodulin 2008 — 2009-yilgi mavsumda kattalar oʻrtasidagi Gran-prining ikki bosqichida: Cup of Russia va Cuo of China musobaqasida ishtirok etgan. Musobaqada toʻqqizinchi va toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2009-yilgi Rossiya chempionatida Artyom ushbu turnirdagi birinchi kumush medalini qoʻlga kiritgan. Yevropa chempionatida u 13-oʻrinni egallagan. 2009-yil fevral oyida Universiadada qatnashib, atigi 0,59 ochko yoʻqotib xitoylik Syu Minga yutqizdi va kumush medal sohibiga aylangan.
2010-yilgi Jahon chempionatida, qisqa dasturning boshida Artyomning konki temiri konkidan ajralib ketgan. Musobaqalarda bunday holatlar juda kam uchraydi[2]. Sportchi turnirni tark etishga majbur boʻlgan[3].
Artyom 2012 — 2013-yilgi mavsumda sportdagi faoliyatini yakunladi.
Sportdagi yutuqlari
tahrirMusobaqa | 2004 — 2005 ㅤ | 2005 — 2006 ㅤ | 2006 — 2007 ㅤ | 2007 — 2008 ㅤ | 2008 — 2009 ㅤ | 2009 — 2010 ㅤ | 2011 — 2012 ㅤ | 2012 — 2013 ㅤ |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 13 | |||||||
Jahon chempionatlari | WD | |||||||
Yevropa chempionati | 13 | |||||||
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 7 | 2 | ||||||
Rossiya chempionati | 15 | 14 | 8 | 2 | 3 | 11 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 7 | 2 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 8 | |||||||
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi | 9 | 3 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi | 4 | |||||||
Zagrebning Oltin Skate | 2 | 4 | ||||||
Finlandiya kubogi | 10 | |||||||
Ondrej Nepela xotirasi | 5 | |||||||
Varshava kubogi | 5 | |||||||
Qishki Universiada | 2 | |||||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 7 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Bolgariya | 4 | 1 | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Avstriya | 3 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Gollandiya | 2 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ruminiya | 2 | |||||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Andorra | 5 |
- WD = tanlovdan chiqarilgan
Manbalar
tahrir- ↑ „Приказ Минспорттуризма № 138-нг от 12.10.2010 "О присвоении почётного спортивного звания «Мастер спорта России международного класса»“. 2012-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Несчастье вероятностью 1/10 000“. 2010-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-mart.
- ↑ „Бородулин завершил выступление на чемпионате мира“. 2010-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.