Qishki Olimpiada oʻyinlari

(Qishki Olimpiadadan yoʻnaltirildi)

Qishki Olimpiadasportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkaziladigan turkum musobaqalar. 1924-yildan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-yillarda oʻtkazilmagan). 1908 va 1920-yillarda muz ustida figurali uchish, 1920-yilda shaybali xokkey Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiada biatlon, bobsley, kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga, muz ustida figurali uchish), chana sporti, changʻi sporti, shaybali xokkey boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.

Qishki Olimpiada oʻtkazilgan yillar va joylar tahrir

 
Qishki Olimpiada oʻtkazilgan joylar. Yashil bilan bir, koʻk bilan esa bir necha marta qishki Olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston sportchilari Qishki Olimpiadalarda 1994-yildan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki Olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.

Havolalar tahrir