Sergey Brener (1971-yil 6-mart, Qozogʻiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek fristaylchisi. U 1994-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Tarjimai hol tahrir

Sergey Brener 1971-yil 6-martda Qozog'iston SSRda tug'ilgan.

U 1989-yilda Tindagi jahon kubogida  fristayl boʻyicha xalqaro musobaqalarda ilk marta ishtirok etdi[1].

Sergey Brener 1990-yil aprel oyida Pyuxyatunturi shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar chempionatida ski-kross va kombinasiya boʻyicha bronza medali sovrindori boʻldi[1].

1993-yilda Altenmarktda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. U akrobatika boʻyicha 26-oʻrinni, ski-kross boʻyicha 30-oʻrinni, mogulda 58-oʻrinni, kombinasiyada 4-oʻrinni egalladi[1].

Sportchimiz 1994-yili Lillxammerdagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safiga qoʻshildi. Akrobatika boʻyicha ishtirok etgan. Ikkita sakrash yigʻindisi boʻyicha saralash bahslarida u 159,93 ball bilan 24 nafar ishtirokchi orasida 19-oʻrinni egalladi va 12 nafar finalchilar safidan joy olmadi[2]. U Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlarida Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi bayroqdori boʻldi[3].

U 1996-yili Xarbindagi qishki Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Brener akrobatika boʻyicha xitoylik Ou Xiaotao va Fey Dongpengga imkoniyatni boy berib, 3-oʻrinni egalladi[3].

Shunday qilib, Sergey Brener 1997-yil sportdagi faoliyatini tugatadi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „BRENER Sergey - Athlete Information“. www.fis-ski.com. 2019-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  2. „Olympedia – Aerials, Men“. www.olympedia.org. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Olympedia – Sergey Brener“. www.olympedia.org. 2020-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.