Artyom Zub
Artyom Valerievich Zub (talaffuzi: Artyom Valerievich Zub) (ruscha: Артём Валерьевич Зуб); (berilgan ism Artem muqobilida ham yoziladi; 1995-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Ottawa Senators“ xokkey klubi safidagi rossiyalik professional xokkey himoyachisi.
Artyom Zub | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
3-oktyabr 1995-yil Khabarovsk, Rossiya | ||
Boʻyi | 6 ft 2 in (188 cm) | ||
Ogʻirligi | 198 lb (90 kg; 14 st 2 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | oʻng qanot | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Ottawa Senators Amur Khabarovsk SKA Saint Petersburg | ||
Milliy jamoa | Rossiya | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2011—hozirgacha |
Klublardagi oʻyin faoliyati
tahrirArtyom Zub yoshligida „Amur Khabarovsk“ xokkey klubining kichik filiali „Amurskie Tigry Khabarovsk“ xokkey jamoasida oʻynagan. Artyom Zub 2014—2015-yilgi mavsumda Kontinental xokkey ligasida „Amur Khabarovsk“ xokkey jamoasi bilan professional debyut qilgan.
2016—2017-yilgi mavsumda, „Amur Khabarovsk“ klubi bilan uchinchi mavsumida, Artyom Zub klub safida 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ochko jamgʻardi. Ushbu masumdan soʻng, Artyom Zub 2016-yilning 1-dekabrida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[1]. Artyom Zub „SKA Saint Petersburg“ klubiga mavsumda 18 oʻyinda 2 ta golli uzatma bilan Gagarin kubogini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
Artyom Zubning KHL va Olimpiada oʻyinlaridagi oʻyinlari Milliy xokkey ligasi „Ottawa Senators“ xokkey klubining eʼtiborini tortdi. 2020-yil 1-mayda Artyom Zub „Ottawa Senators“ xokkey jamoasi bilan NHL standartidagi boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2]. Artyom Zub oʻzining birinchi NHL golini 2021-yil 15-fevralda Torontodagi Scotiabank arenada „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (qoʻshimcha taymda 6:5 hisobida gʻalaba) urdi[3]. Oʻzining birinchi mavsumida Artyom Zub „Ottawa Senators“ klubining eng yaxshi himoyachisi Thomas Chabot bilan himoya chizigʻida oʻynadi.
2021-yil 14-mayda Artyom Zub „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik 5 million dollarlik shartnoma imzoladi[4][5].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
tahrirArtyom Zub 2017-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi[6]. Artyom Zub 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan Rossiya Olimpiya sportchilari jamoasi aʼzosi edi.
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2011—2012 | Amurskie Tigry Khabarovsk | MHL | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2012—2013 | Amurskie Tigry Khabarovsk | MHL | 59 | 2 | 2 | 4 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Amurskie Tigry Khabarovsk | MHL | 14 | 1 | 1 | 2 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Amurskie Tigry Khabarovsk | MHL | 39 | 1 | 10 | 11 | 70 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Amur Khabarovsk | KHL | 7 | 0 | 1 | 1 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Amurskie Tigry Khabarovsk | MHL | 4 | 1 | 0 | 1 | 8 | 3 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
2015—2016 | Amur Khabarovsk | KHL | 55 | 2 | 5 | 7 | 53 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Amur Khabarovsk | KHL | 34 | 2 | 7 | 9 | 11 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | SKA Saint Petersburg | KHL | 18 | 0 | 1 | 1 | 2 | 18 | 0 | 2 | 2 | 4 | ||
2017—2018 | SKA Saint Petersburg | KHL | 36 | 0 | 5 | 5 | 12 | 15 | 0 | 5 | 5 | 4 | ||
2018—2019 | SKA Saint Petersburg | KHL | 49 | 2 | 7 | 9 | 18 | 18 | 1 | 3 | 4 | 6 | ||
2019—2020 | SKA Saint Petersburg | KHL | 57 | 13 | 9 | 22 | 22 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2020—2021 | Ottawa Senators | NHL | 47 | 3 | 11 | 14 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Ottawa Senators | NHL | 81 | 6 | 16 | 22 | 60 | — | — | — | — | — | ||
KHL jami | 256 | 19 | 35 | 54 | 124 | 52 | 1 | 10 | 11 | 14 | ||||
NHL jami | 128 | 9 | 27 | 36 | 86 | — | — | — | — | — |
Xalqaro
tahrirYil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2013 | Rossiya | WJC18 | 4 | 7 | 2 | 0 | 2 | 2 | |
2017 | Rossiya | WC | 10 | 0 | 2 | 2 | 10 | ||
2018 | OAR | OG | 6 | 0 | 4 | 4 | 0 | ||
2019 | Rossiya | WC | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2021 | ROC | WC | 5 | 6 | 0 | 1 | 1 | 4 | |
Oʻsmirlar safida | 7 | 2 | 0 | 2 | 2 | ||||
Kattalar safida | 23 | 0 | 7 | 7 | 14 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Changes on December 1“ (Russian). Kontinental Hockey League (2016-yil 1-dekabr). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
- ↑ „Senators sign defenceman Artem Zub to a one-year, entry-level contract“ (English). Ottawa Senators (2020-yil 1-may). Qaraldi: 2020-yil 1-may.
- ↑ „Ottawa Senators - Toronto Maple Leafs - February 15th, 2021“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
- ↑ „Sens extend Zub on two-year, $5M deal“ (English). TSN (2021-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Garrioch, Bruce. „SNAPSHOTS: Those aren't boos, they're yelling "Zuuub" and defenceman Artem Zub loves it“. Ottawa Sun (0201-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ „2017 World Championship roster“. International Ice Hockey Federation (2017-yil 5-may). 2017-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.