Aruba
Aruba — Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘og‘i yaqinidagi orol davlat hisoblanadi Shamolsiz orollar to‘dasiga kiradi. Maydoni 190 km². Balandligi 188 m gacha. Aholisi 94 ming kishi (2023), asosan negrlar va mulatlar. Niderlandiya Antil orollari tarkibida. 1986-yil 1-yanvardan qisman o‘zini o‘zi boshqarish huquqi ber8ilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranestad. Vulkani orol. Riflar bilan o‘ralgan. Iqlimi subekvatorial, o‘rtacha temperaturasi 26 — 28°C. Yog‘in 500 — 600mm. Kserofit buta o‘simliklari o‘sadi. Iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi.
Adabiyotlar Tahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |