Arvohi pir (arab.- ruhlar va fors — ustoz) — shogirdning mustaqil usta boʻlish uchun ustozning roziligini olish va oʻtmish pirlar „arvohini shod etish“ maqsadida oʻtkazadigan ziyofati, yigʻini. Kosiblar anʼanasiga koʻra, Arvohi pir ni yirikroq kasb ahllari, chunonchi ipakchilikda toʻquvchilar, boʻyoqchilar, ab-rbandlar, shuningdek sartarosh, du-radgor, novvoy, temirchi, sozanda va boshqa beradilar. Arvohi pirda ayni kasbga tegishli hamma hunarmandlar (shogirdlar ham) va oqsoqol, devona oqsoqol, eshonbobo va payki tariyqlar qatnashadi, boshqa kasb ahllaridan 1-2 tadan vakil (mehmon tariqasida) chaqiriladi. Arvohi pir beruvchi bularning hammasiga nonushta, tushki va kechki ovqatlar berib, ziyofat qiladi. Zi-yofatga ustoz yoki shogirdning yaqinlari, boshqa kasb axllari sovgʻa tariqasida yaxshi taomlar (issiq non, meva-cheva, baʼzan pishgan taomlar), kiyim-kechaklar ham olib keladilar. Ziyofat oxirida Arvohi pir beruvchining „Ustozdan fotiha olish ma-rosimi“ oʻtkaziladi. Marosimda usta oʻz shogirdiga bir doʻkonda ish tutish uchun yetarli asboblar sovgʻa qiladi. Shogird ustoziga bosh-oyoq sarpo taqdim etadi. Shogird pirining yoʻlini qabul etadi va eshonbobo huzurida „kamarbasta“ boʻladi. Shu bilan shogird usta nomini oladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil