Arxegon, arxegoniy (archegonium) — yoʻsin, qirqquloq va ochiq urugʻli oʻsimliklarning urgʻochi jinsiy or-gani. Koʻpchilik oʻsimliklarda shakli koʻzasimon. A. yetilgach, boʻynining ichki qismida joylashgan hujayralar yemiri-lib, ularning oʻrnida naycha hosil boʻladi. A.ning qorin qismida tuxumhujayra joylashgan boʻlib, uning ustida kichikroq qorin hujayra bor. Boʻynidagi naycha hujayralar shilliqlanib, A.ning ogʻzini (boʻyin uchini) ochadi va spermato-zoidning A. ichiga tushishiga imkon be-radi. Shu oʻsimliklardagi erkak jinsiy organ anteridiy deb ataladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil