ARXEOLOGIYA HARITAGRAFIYA-SI — tarixiy haritagrafiyaning max-sus tarmogʻi; arxeologiya maʼlumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va hodisalarni grafika asosida haritaga tushirish. Arxeologiya haritagrafiyasi tuzishda: a) arxeologik ma-daniyatlarning joylashuvini koʻrsatish; b) arxeologik madaniyatlarning va etnik guruhlarning oʻzaro aloqasi, bir-biriga taʼsiri va bir joydan ikkinchi joyga kuchishini oʻrganib, haritada belgilash; v) ishlab chiqarish turlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashgan va tarqalgan tumanlar, qadimgi sugʻorilgan yerlar va irrigatsiya inshootlari va boshqalarni aniqlab berish; g) kad. savdo yoʻllarini, mamlakat yoki xalqlar oʻrtasidagi ijodiy aloqalarni oʻrganib, haritaga tushirish; d) oʻtmishdagi ijtimoiy hodisalarning geografik faktlar bilan aloqasini oʻrganish va haritada koʻrsatish. Arxeologiya haritagrafiyasi 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. 20-asrda esa Arxeologiya haritagrafiyasi kengayib, qadimgi xalqlarnilg madaniyati, yashagan joylari toʻgʻrisida bayon etuvchi tematik va tipologik haritalar, boshqa arxeologik, paleoetnografik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan haritalar paydo boʻldi. Arxeologiya haritagrafiyasida arxeologiya yodgorliklarining geografik jihatdan joylanishini aniqlash va haritaga tushirish bu ob’ektlarni muhofaza etish va tadqiq qilish imkonini beradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil